1 328
O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni: hamkorlikning ishga solinmagan imkoniyatlari ma’lum qilindi
Sarmoya vazirlari – Sardor Umurzoqov va Xolid al-Falih.
Foto: ITSV
2022 yilning ikki oyi mobaynida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 baravarga oshdi. Mamlakatimizda Saudiya kapitali ishtirokida tuzilgan korxonalar soni to‘rt barobarga ko‘paydi. Bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan savdo, iqtisodiyot, investitsiya, texnika, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston tarafidan bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Saudiya Arabistoni tomonidan esa investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih raislik qildi.
Tadbir davomida ikki mamlakat vakillari ustuvor yo‘nalishlarda robitalarni kengaytirish uchun ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini e’tirof etib, ko‘pqirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga sodiqlik izhor etdi. Bundan tashqari, izchil mexanizm va aniq muddat ko‘rsatgan holda yaqin istiqbolda o‘zaro tovar aylanmasini bir necha baravar ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma amaliy harakatlar rejasi ishlab chiqishga kelishildi.
Mamlakatimizda an’anaviy va muqobil energetika sohasida saudiyalik investorlarning keng ko‘lamli loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Avval xabar berganimizdek, 2021 yil 17 dekabr kuni «ACWA Power» kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilishi xususida bitim imzolangandi.
«ACWA Power» an’anaviy va muqobil energetika sohasida O‘zbekistonning strategik hamkori sanaladi. Shirkatning investitsiya portfeli umumiy qiymati 2,5 mlrd dollardan ziyod 4 ta loyihadan iborat.
Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida IT, elektronika, farmatsevtika, biotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil, kimyo va neft-kimyo sanoati singari istiqbolli sohalarda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagi bildirildi.
O‘zbekistonning Arab olamidagi asosiy hamkorlaridan sanalgan Saudiya bilan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar ham muntazam o‘tkazib kelinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi