Foto: «Ngmk.uz»
7 aprel kuni Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida «Muruntov» koni tarkibida «Balpantog‘» va «Tomdibuloq» konlarining ochilish marosimi va bu yerda birinchi portlatish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
«Balpantog‘» va «Tomdibuloq» konlari bazasida qazib olish konchilik korxonasi barpo etilishi, bu yerda yangi ish o‘rinlari yaratilayotganligi mahalliy aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda, deyiladi xabarda.
Yangi konlarning oltin tarkibli ma’dan zaxiralari kombinatning 2-gidrometallurgiya zavodiga 33 kilometrlik temir yo‘llari orqali tashiladi.
Konlar 40 million tonnadan ortiq ma’dan zaxirasiga ega.
Foto: «Ngmk.uz»
Konlardan qariyb 15 yil mobaynida yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi. Bu ishlarni bajarish uchun konga 7 ta gidravlik ekskavator, 5 ta burg‘ilash qurilmasi, 23 ta avtoavg‘dargich, 2 ta teplovoz va boshqa ko‘plab kon texnikalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda bitta zamonaviy gidravlik ekskavatori, 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 10 ta avtoag‘dargich keltirildi. Bugundan kon yuzasini ochish ishlari boshlangan.
Loyiha doirasida konda 653 ta yangi ish o‘rni yaratilgani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi