23:30 / 23.04.2022
1 540

Shavkat Mirziyoyev: «Suvli maydonga g‘alla ekib, 50 sentner hosil olish gunoh»

Shavkat Mirziyoyev: «Suvli maydonga g‘alla ekib, 50 sentner hosil olish gunoh»
Shavkat Mirziyoyev Koson tumanidagi «Koson» fermer xo‘jaligi dalasiga tashrifi chog‘ida fermerlar, pillakorlar hamda dehqonlar bilan uchrashdi. Ushbu holat «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Manfaat — bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch. Shu bois fermer xo‘jaliklari ham daromadni ko‘paytirishni o‘ylashi kerak. Shavkat Mirziyoyev bu borada ushbu hududdagi bo‘sh yotgan yerlarga e’tibor qaratdi.

«Bu hozir maydonning 1 foizi. 99 foiz maydon hali turibdi. Terak eksak pul, tok eksak pul, ishkom qilsak, ikki baravar ko‘p pul. Odamlar o‘zi dalaga chiqib, fermer bo‘lganining maqsadi nima? Daromad topish. Biz davlat bo‘lib daromad topish yo‘lini, men prezident bo‘lib qarorni chiqarib berdim», — deydi davlat rahbari.

Qashqadaryoda qishloq xo‘jaligida eng katta muammolardan biri — suv kamligi. Shu bois yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

«O‘zi suvli maydonga g‘alla ekib, 50 sentner hosil olish gunoh. Xudoning oldida ham, bandaning oldida ham, tabiatning oldida ham gunoh. Bu lalmikor emas-ku. Biz texnika beramiz, yonilg‘i beramiz, o‘g‘it beramiz, endi tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish deyapmiz, endi 100 sentner olmasak, kimga kerak bunaqa g‘alla? Daromad yo‘q-da. 100 sentner olgan odam daromadini hisoblaydi, daromad qilgan odam shuning 2 sentnerini bo‘lmasa ham, 4 sentnerini bilimga beradi-da urug‘ni o‘zgartiradi. Kelgusi yili 110-120 sentner bo‘ladi», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev: «Suvli maydonga g‘alla ekib, 50 sentner hosil olish gunoh»