23:36 / 24.04.2022
1 095

Mikromoliya tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin

Mikromoliya tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin
O‘zbekistonda endi nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Bu prezident imzolagan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Qonunga ko‘ra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilotlari hisoblanadi.
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln so‘mgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.

Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1 yilgacha) mikroqarzlar (50 mln so‘mgacha) beradi.

Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli emas.
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.

Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Mikromoliya tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin