Farg‘onadan Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi oshadi, qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Alibek Tursunov Sverdlovsk viloyati agrosanoat majmui va iste’mol bozori vaziri Artyom Baxterev bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini oshirish hamda turini ko‘paytirish masalalarini muhokama qilgan.
“Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini “Yashil yo‘lak” tizimi orqali soddalashtirilgan tartibda eksport qilish masalalari, bu tartibni yanada takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.
Baxterev, ikki viloyat o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish maqsadida Sverdlovsk viloyatidan Farg‘onaga uzoq muddat saqlanuvchi sut mahsulotlari, sabzavot ekin urug‘lari, o‘simlik yog‘i, parrandachilik mahsulotlari, shuningdek zotli hayvon urug‘lari yetkazib berish imkoniyatlari haqida ma’lumot bergan. Tomonlar shuningdek, veterinariya sohasida hamkorlik qilishga ham kelishib olishgan.
Rossiyalik mehmonlar tashrif dasturi doirasida viloyatdagi yirik meva-sabzavot klasterlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida, muzlatgichli meva-sabzavot saqlash omborlarida bo‘lishadi, sohada amalga oshirilgan yangi loyihalar bilan tanishadilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi