O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari butun musulmon olami uchun muqaddas ayyom – Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini va mamlakatlarimizning birodar xalqlarini samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor qildi.
2022 yil mart oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda samarali natijalarga erishilgani, ular ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga xizmat qilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro delegatsiyalar tashriflari faol amalga oshirilmoqda. Yil boshidan ikki tomonlama savdo hajmi qariyb 20 foizga oshdi. Mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari davom ettirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda.
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas