10:30 / 04.05.2022
1 418

Aydarko‘l, To‘dako‘l va Tuzkon ko‘lida plyaj zonalari paydo bo‘ladi

Aydarko‘l, To‘dako‘l va Tuzkon ko‘lida plyaj zonalari paydo bo‘ladi
Foto: Sangzor.uz
Prezident “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari Turizm va madaniy meros vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tegishlicha Aqchako‘l, Ashshi ko‘l, Zikri ko‘li, Aydarko‘l, Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l hududlarida hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish maqsadida ularning yashash muhiti, xususan, asosiy to‘planish joyi sifatida belgilangan hududlarga kirmaydigan yer maydonlarida plyaj zonalarini tashkil qilish uchun yer uchastkalarini 10 yilgacha bo‘lgan muddatga belgilangan tartibda ijaraga berish choralarini ko‘radi.

Belgilanishicha, plyaj zonalari hududida ekologik va sanitariya talablariga javob beradigan yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini realizatsiya qilishda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari yer maydoni ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoplanishini ta’minlaydi.

Turizm va madaniy meros vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda plyaj zonalarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aydarko‘l, To‘dako‘l va Tuzkon ko‘lida plyaj zonalari paydo bo‘ladi