14:04 / 05.05.2022
1 140

Samarqand aeroportida 1,5 mln rublni yashirib olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Samarqand aeroportida 1,5 mln rublni yashirib olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston hududidan naqd ko‘rinishdagi xorijiy valyutani noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini oldi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand tumanida yashovchi 32 yoshli X.S. «Samarqand» xalqaro aeroporti orqali deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1,5 million rublni (jami 235,5 million so‘m) olib chiqishga uringani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan va ekspertizaga yuborilgan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka ko‘ra 100 million so‘mgacha ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston hech qanday ruxsatnomasiz olib chiqish mumkin. Shuningdek, 70 million so‘mgacha bo‘lgan ekvivalentdagi mablag‘lar uchun deklaratsiya talab qilinmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand aeroportida 1,5 mln rublni yashirib olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi