1 075
Andijonda 1 kilogramm giyohvand moddani sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Foto: IIB axborot xizmati
Qayd etilishicha, 2022 yilning 6 may kuni “Qora dori-2022” tadbiri davomida chetdan kontrabanda yo‘li orqali kirib kelayotgan hamda tranzit tashilayotgan giyohvandlik vositalarini aniqlash bo‘yicha Xo‘jaobod tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.
Xususan, Farg‘ona viloyatida yashovchi M.A., Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi B.S. hamda J.M.lardan tashkil topgan jinoiy guruh a’zolari xolis xaridorga 1 kilogramm “gashish” giyohvand moddasini 9000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi