
Foto: Ichki ishlar vazirligi
Samarqandda kasb-hunarga o‘qitish markazi bo‘lim boshlig‘i va kargo firmasi rahbari pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, viloyat huquqni himoya qiluvchi organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tadbir o‘tkazilgan. Unda viloyatdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlaridan birining bo‘limi boshlig‘i jinoyatiga chek qo‘yilgan. Past Darg‘om tumanida yashovchi J.J. (1986 yilda tug‘ilgan) mahalliy fuqarolarga ushbu markazda o‘qigani va malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Ulardan jami 5 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Samarqand shahrida ro‘yxatda turuvchi, Turkiyaning Istanbul shahridagi kargo firmasi rahbari (1990 yilda tug‘ilgan) S.R. fuqaroga 2 ming dollar evaziga Turkiyaga kirishga qo‘yilgan taqiqni yechib berib, Turkiyadagi mehmonxonalarning birida ishlash vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Undan 700 dollarni olayotgan vaqtda ushlangan.
Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar