
Andijon shahrida fuqaro S.R. tanishi U.M. orqali tovlamachilik yo‘li bilan ayol U.A. ishtirok etgan intim videotasvirlarni ko‘rsatib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.
Andijon viloyati IIB xabariga ko‘ra, voqea 14 aprelda ro‘y bergan. Shu kuni Andijon viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazgan va gumondor 300 dollar pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar