07:30 / 25.05.2022
1 040

Buxoroda IIB xodimi kanalda cho‘kayotgan 87 yoshli fuqaroni qutqarib qoldi

Buxoroda IIB xodimi kanalda cho‘kayotgan 87 yoshli fuqaroni qutqarib qoldi
Foto: Telegram / «Postda»
Buxoro shahrida 23 may kuni ichki ishlar organi xodimi kanalda cho‘kayotgan keksa fuqaroning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda «Postda» xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni ertalab soat 06:00 atrofida Buxoro shahrida xizmat olib borayotgan katta serjant Shavkat Toshev hamkasblari bilan birgalikda kanalda cho‘kib ketayotgan keksa yoshdagi fuqaroni ko‘rib qolgan. Toshev darhol cho‘kayotgan fuqaroni qutqarish choralarini ko‘rgan va uni suvdan chiqarib olgan. So‘ngra unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, tez yordam chaqirtirilgan.

Foto: Telegram / «Postda»
Natijada Shavkat Toshev 87 yoshli, rus millatiga mansub fuqaroning hayotini saqlab qolgan. Ayni paytda u shahar Markaziy kasalxonasiga joylashtirilgan, salomatligi esa tibbiyot xodimlari nazoratida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda IIB xodimi kanalda cho‘kayotgan 87 yoshli fuqaroni qutqarib qoldi