Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili
31 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Kanadaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Leklerni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar rasmiy vakili xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida Kanada elchisi O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarni yuksak baholagan. Dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan izchil harakatlanishda davom etayotgani e’tirof etilgan. Kanada hukumati O‘zbekistonga bu yo‘nalishda ko‘mak berishga tayyorligi aytib o‘tilgan.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili
Tomonlar ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda ushbu mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikda kadrlar tayyorlash masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili
O‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tomonlar Toshkent shahrida Kanada viza markazini ochish masalasini o‘rganishga kelishib olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi