Foto: Energetika vazirligi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash va uzluksiz elektr ta’minotini amalga oshirish uchun tadbirkorlar ham qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatib, elektr energiyasini ishlab chiqarmoqda.
Xususan, Jomboy tumani, «To‘qqizboy» mahallasida faoliyat olib borayotgan tadbirkor o‘zining «Oxalik oltin bog‘i mevasi»da quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirdi.
Intensiv bog‘ va dala ekinlarini sug‘orish tizimidagi elektr qurilmalar uchun qurilgan stansiyasining ishlab chiqarish quvvati 60 kVt.
Ushbu ishga tushirilgan loyiha natijasida yiliga 43,2 ming kVt/soat (19,44 mln so‘mlik) elektr energiyasini tejash imkoniyati yaratildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi