6 va 7 iyun kunlari ayni o‘sha vaqtda qamoqqa olingan Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovning imzosi orqali «E-qaror» elektron platformasida 24 ta hujjat joylangani haqida yozgandik.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 6 va 7 iyun kunlari qabul qilingan qaror va farmoyishlarning qonuniyligi joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida 2022 yil 6 iyun kuni soat 9:43 va 21:18 oralig‘ida hamda 7 iyun kuni 18:10 va 21:07 oralig‘ida hokimlik devonxonasi mudiri S. Qodirjonov tomonidan B.Haydarovga tegishli elektron raqamli imzodan foydalanilgan holda «E-qaror» platformasida 26 ta qaror va farmoyishlar imzolangan.
«UZINFOCOM» MCHJ mutaxassislari tomonidan Andijon shahar hokimi B.Haydarovning «E-qaror» elektron tizimidagi shaxsiy kabineti Adliya vazirligining ko‘rsatmasiga asosan bloklandi.
Ushbu jarayonda hujjatlarni soxtalashtirish ehtimoli borligini inobatga olib, tegishli materiallar prokuratura organlariga yuboriladi. Har bir qabul qilingan qarorning qonuniyligi o‘rganib bo‘lmaguncha, ularni ijroga qaratish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan tegishli ijrochi organlarga xabarlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 iyun kuni Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangani xabari berilgandi.
So‘ngra unga nisbatan sud ajrimi bilan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi