1 314
Oliy ta’limga qabulda nimalar o‘zgarmoqda? Abduqodir Toshqulov eng so‘nggi yangiliklarni aytdi
Foto: «Daryo»
2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul bo‘yicha bir qator o‘zgarishlar qilinmoqda. Bu haqda 16 iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov batafsil to‘xtaldi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Abduqodir Toshqulovning aytishicha, dastlabki muhim yangilik — tizimda masofaviy ta’lim joriy etilmoqda.
«Bu hamma oliy ta’lim muassasalariga berilmadi. 12 ta OTMga 3 ming 410 ta kvota ajratildi. Ta’limni yangi bosqichga ko‘tarishimiz kerak. Bunday tajriba dunyoda bor», — dedi vazir.
Ma’lum qilinishicha, keyingi o‘zgarish — xorijiy va nodavlat OTMlariga davlat grantlari kvotasi 2 barobarga ko‘paytirildi. Ya’ni kvotalar soni bir yilda mingtaga yetkazildi.
«Xotin-qizlarga beriladigan mingta kvota ham ikki mingtaga ko‘paytirildi. Undan tashqari, 5 yil staji bo‘lgan xotin-qizlar uchun ham 500 ta kvota ajratiladi. Masalan, hamshira 5 yil ishladi. Tibbiyot akademiyasiga o‘qish uchun hujjat topshirsa va xotin-qizlar qo‘mitasi unga tavsiyanoma bersa, konkursda qatnasha oladi. G‘olib bo‘lsa, o‘qishga kiradi», — dedi Abduqodir Toshqulov.
Vazirning aytishicha, bu yil o‘qishga qabulda xususiy OTMlarga ko‘proq kvota berilgan.
Yana bir yangilik — o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq. Abduqodir Toshqulov «perevod»ga endi faqatgina 2 ta shart bilan ruxsat berilishini aytdi.
«Talaba turmush o‘rtog‘i yashayotgan hududga ko‘chib borsa, unga o‘qishini «perevod» qilishga rozilik beriladi. Ikkinchisi, davlat xizmatchisining ish joyi boshqa hududga ko‘chsa, uning voyaga yetmagan farzandi talaba bo‘lsa, o‘qishini ko‘chirishi mumkin. O‘qishni ko‘chirishni balo deb aytaman. Bu oliy ta’limni obro‘siga putur yetkazmoqda. Biz o‘qishga kirayotganda asosan 2 ta savol beradigan bo‘lib qoldik. Birinchisi, o‘tish balli eng past OTM qaysi viloyatda? Ikkinchisi, qaysi ta’lim yo‘nalishi eng past balli? Nega bunday savol berilgani so‘ralsa, «biz shunga topshirib keyingi yilga o‘qishni ko‘chirmoqchimiz», deyishadi. Qani bu yerda maqsad? Qani O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shaman degan ezgu g‘oya? Bitta maqsad — diplom olish. Ota-onasi sovchilikka borganda «o‘g‘lim oliy ma’lumotli», degan gap kerak. Endi bu eskilik narsalardan voz kechish kerak», — dedi vazirlik rahbari.
Aytilishicha, endilikda oliy ta’lim tizimida akadem mobillik yo‘lga qo‘yiladi. Bunda talaba o‘zi o‘qiyotgan OTMdan boshqa kuchliroq OTMda vaqtincha o‘qib, u yerdagi muhitni o‘rganib, yana o‘z oliygohiga qaytadi. Bu talabalar almashinuvi orqali aqliy o‘sishga yordam beradigan jarayonligi ta’kidlandi.
«Magistraturadan mutaxassislik imtihoni olib tashlandi. Shuning bilan eng katta muammo hal qilindi. Endi xalqaro til sertifikati bor bakalavriat bitiruvchilari magistraturaga hujjat topshirsa, o‘qishga imtihonsiz qabul qilinadi. Biz yoshlarning til bilishiga ko‘proq urg‘u beryapmiz. 4 yil o‘qigan talaba tilni mustaqil o‘rgana olmasa, unga magistraturada nima bor? Repetitorga bormasdan, onlayn platformadan tilni o‘rganib, 7 ball olyapti yoshlar», — dedi vazir.
Avvalroq O‘zbekiston davlat oliygohlari uchun qabul kvotalari tasdiqlangani xabar qilingandi. Xususan, kvotalar bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga 77 ming 477 nafar, sirtqi ta’limga 26 ming 95 nafar, kechki ta’limga 3 ming 725 nafar, masofaviy ta’limga 3 ming 410 nafar qilib belgilangan. Magistrlar tayyorlash uchun 10 ming 688 o‘rin ajratilgan.
Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022 yil 20 iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar