1 504
Navoiyda noturar yer maydonini 108 million so‘m evaziga sotishga uringan shaxs ushlandi
Navoiy shahrida yashovchi fuqaro noturar yer maydonini o‘z tanishiga aldov yo‘li bilan 108 million so‘m evaziga sotishga urinayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Navoiy shahridagi Ahmad Yassaviy ko‘chasida yashovchi M.N tanishi B.D.ga Karmana tumani Chutqara mavzesidagi 182 metr kvadrat noturar yer maydonini 108 million so‘m evaziga sotmoqchi ekanini va pulni bergandan so‘ng uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.
B.D. aslida yer maydoni tanishi M.N.ga tegishli emasligidan xabari bo‘lmagan. Kelishilgan pulni yetkazishdan oldinroq B.D. boshqa bir tanishlari orqali ushbu noturar yer maydonining M.N.ga mutlaqo tegishli emasligini aniqlagan. Va M.N. tanishi bo‘la turib, uni chuv tushirishga uringani bois B.D. tezkorlik bilan holat yuzasidan huquq-tartibot idoralariga xabar bergan.
M.N. 108 million so‘mni B.D.dan olayotgan vaqtida Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Yer resurslarini talon-toroj qilinishiga qarshi kurash bo‘linmasi, Navoiy viloyati prokuraturasi, departamentning viloyat boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan. M.N.ning xatti-harakatlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»