1 668
Haydovchi va YPX xodimi janjali: Biri musht tushirdi, ikkinchisi elektroshoker qo‘lladi
Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi ichki ishlar xodimlarining xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatilgani holati yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB YPX katta inspektori katta serjant D.Bobotayev va YPX inspektori safdor O.Ergashev 31 may kuni soat 08:35 da Past Darg‘om tumani «Juma dehqon bozori» oldida 3.27 yo‘l belgisi ta’siri ostiga qo‘yilgan transport vositalarini planshet moslamasiga rasmga tushirayotgan bo‘lgan. Shu vaqt ularning yoniga Lacetti’da kelgan 28 yoshli fuqaro A.Ch. hech bir sababsiz «nima sababdan meni avtomashinamni fotosuratga olding», deya tortishib ketgan va katta serjant D.Bobotayevning kiyimini chap tomon pogonini yulib olib, uni urib, tan jarohati yetkazgan.
Shu sababli, fuqaro A.Ch. tomonidan sodir etilayotgan qarshilik holatini to‘xtatish uchun safdor O.Ergashev xizmatda foydalanish uchun berilgan elektroshoker moslamasini fuqaroning chap yelka sohasiga qo‘llagan. Past Darg‘om tuman Tibbiyot birlashmasining shu kundagi ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro A.Ch.ning chap qo‘l yelka qismida teri usti qizarishi jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Past Darg‘om tuman prokuraturasining shu kundagi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi xati va IIV SHXBB Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasining ma’lumotnomasi asosida viloyat IIB YHXB tomonidan 7 iyun kuni xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida RSHTYOIM Samarqand filiali 1 iyun kunidagi 1399-son ekspert xulosasiga ko‘ra, D.Bobotayevni chap ko‘z yuqori va pastki qovoq sohasida qontalash va shilinma, chap ko‘z olmasi oqish pardasiga qon quyilishi, chap olmasi o‘rta darajali lat yeyishi, ko‘rish o‘tkirligi pasayishi kabi jarohatlari aniqlangan. Ular o‘tmas qattiq jismlar ta’sirida yetkazilgani, ushbu jarohatlar yengil sog‘liqni buzilishiga sabab bo‘lgan tan jarohatlari guruhiga kirishi, yetkazilgan vaqti 31 may kuniga to‘g‘ri kelishi mumkini ko‘rsatilgan.
Xizmat tekshiruvi davomida YPX inspektorlari IIVning tegishli buyruq talablari asosida harakat qilgani bo‘yicha xulosa qilinib, to‘plangan hujjatlar Past Darg‘om tumani prokuraturasiga yuborilgan.
7 iyun kuni fuqaro A.Ch.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.
Hozirgi kunda Past Darg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...