09:56 / 02.07.2022
1 258

Xorazmda erkak sobiq xotini va qaynonasini pichoqladi

Xorazmda erkak sobiq xotini va qaynonasini pichoqladi
Xorazm viloyatida erkak sobiq xotini va qaynonasini pichoqladi, deya xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.
Rossiyaga 2020 yil ishlashga ketgan Sh.I. (ayol) va O‘zbekistonda qolgan uning eri A.J. o‘rtasida kelishmovchilik chiqadi.

Sudning 2021 yil 25 martdagi qaroriga asosan A.J. va xotini xonqalik Sh.I. o‘rtasidagi nikoh bekor qilingan. Mojaro taraflarning ajrashuvidan so‘ng ham davom etgan. Bunga o‘rtadagi 2 nafar farzandning tarbiyasi otadan onaga olib berilgani sabab bo‘lgan. U.J.ga haftaning muayyan kunlari farzandlari bilan uchrashib turish huquqi berilgan.

Bolalarning ona uyidagi tarbiyasi otani qanoatlantirmagan. U o‘z farzandlarini bir necha bor yuz-ko‘zlari ko‘kargan va lat yegan ahvolda uchratgan. Bunday holat 2021 yilning 3 iyul kuni ham sodir bo‘lgan.

Bundan ranjigan ota orani ochiq qilishga qaror qilgan. U yarim tunda sobiq xotinining oldiga otlangan. U hovlining pastqam devoridan oshib o‘tib, so‘rida uxlayotgan sobiq qaynonasi N.B. va sobiq xotini Sh.I.ga ketma-ket pichoq sanchgan. Shovqin-suronni eshitgan qo‘shnilar yordamga yetib kelishganda A. allaqachon voqea joyidan qochib ketgan.

Sh. voqea joyida vafot etgan. N.B. shifoxonaga yotqizilgan. Sud A.J.ga nisbatan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda erkak sobiq xotini va qaynonasini pichoqladi