10:00 / 09.07.2022
1 148

Zangiotada davlat zaxirasidagi yarim gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Zangiotada davlat zaxirasidagi yarim gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkent viloyati Zangiota tumanida sug‘oriladigan yerni 200 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro J.U. Zangiota tumani «Ilg‘or» MFY hududida davlat zaxirasida bo‘lgan 0,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 200 000 dollarga sotishini aytib, tegishli hujjatlarni tuman yer kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishini bildirgan. Evaziga oldindan 40 000 dollarini fuqaro X.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada davlat zaxirasidagi yarim gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi