23:30 / 09.07.2022
2 007

Qoraqalpog‘istonda Milliy gvardiya xodimlariga yangi unvonlar berildi

Qoraqalpog‘istonda Milliy gvardiya xodimlariga yangi unvonlar berildi
Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasida ofitser va serjantlarga tantanali ravishda navbatdagi harbiy unvonlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MG matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Jo‘rayev so‘zga chiqib, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini asrash, xavfsizligini ta’minlash yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiliklari uchun ularga minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlarni berish to‘g‘risidagi qo‘mondon buyrug‘i o‘qib eshittirildi. III darajali serjant unvoniga ega bo‘lgan 12 nafar harbiy xizmatchilardan 10 nafarini harbiy qizlarimiz tashkil qilgan bo‘lsa,16 nafar harbiy xizmatchiga ofitser unvonlari berildi.

Xususan, 1 nafariga navbatdagi «katta leytenant», 11 nafariga navbatdagi «kapitan» va 4 nafariga navbatdagi «mayor» harbiy unvonlari topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda Milliy gvardiya xodimlariga yangi unvonlar berildi