Markaziy bank O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorining umumiy ko‘rinishi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ikkilamchi uy-joy narxlari birinchi chorakda sezilarli darajada oshganidan keyin, ikkinchi chorakda narxlarning o‘sishi sekinlashgan.
2022 yilning birinchi choragida eski uylar so‘mda 10 foizga, dollarda 4,7 foizga qimmatlagan edi.
Ikkinchi chorak natijalariga ko‘ra, uylar narxi so‘mda 2 foizga, dollarda 6,2 foizga yuqorilagan.
Ikki indeksdagi farq so‘m kursining dollarga nisbatan joriy chorakda kuchayishi bilan izohlanadi.
Uy sotib olish va sotish bo‘yicha bitimlar soni ikkinchi chorakda 81,9 mingtaga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘pdir.
Toshkent viloyatidan tashqari (kichik pasayish -2,8 foiz) barcha viloyatlarda ko‘chmas mulk operatsiyalari soni oshdi.
Tugallangan savdo shartnomalaridagi eng katta o‘sish Xorazmda kuzatildi — 27,8 foiz.
Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkich 17 foiz bo‘lgan bo‘lsa, Jizzaxda 16,8 foiz bo‘lib qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin