23:36 / 19.07.2022
1 654

Samarqandda ish stajini soxtalashtirish evaziga fuqarodan 300 dollar so‘ragan Pensiya jamg‘armasi xodimi ushlandi

Samarqandda ish stajini soxtalashtirish evaziga fuqarodan 300 dollar so‘ragan Pensiya jamg‘armasi xodimi ushlandi
Foto: Samarqand viloyati IIB
Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati Samarqand shahar bo‘limi xodimi fuqarodan pora olayotgan vaqtda ushlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.

2022 yil 18 iyul kuni fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Arizada yozilishicha, nafaqaga chiqishi uchun Pensiya jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limiga borib, ishlagan vaqtini hisoblatgan vaqtida, 1 yil 6 oy ish staji yetmagan.

U shu yerda o‘zini Pensiya jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari deb tanishtirgan K.Sh. bilan tanishib qolgan. Ushbu shaxs ularning ishonchiga kirib, yetmagan ish stajini soxtalashtirish orqali to‘g‘rilash va nafaqa rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan.

Shu holat sabab fuqaro unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati Samarqand shahar bo‘limi binosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, K.Sh. o‘z xizmat xonasida ariza muallifidan 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ish stajini soxtalashtirish evaziga fuqarodan 300 dollar so‘ragan Pensiya jamg‘armasi xodimi ushlandi