date
views 1 259

20 mingdan ortiq pedagog attestatsiyada «Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas» deb topildi

20 mingdan ortiq pedagog attestatsiyada «Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas» deb topildi
Attestatsiyada qatnashgan 20 mingdan ortiq pedagog «Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas» deb topildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov ma’lum qildi.

2022 yildan boshlab pedagoglar attestatsiyasi bir yilda ikki marta, ya’ni yanvar-iyun va avgust-dekabr oylarida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan attestatsiyada ishtirok etish uchun jami 294 ming 175 nafar pedagog murojaat yuborgan.

Attestatsiyada ishtirok etgan jami pedagoglarning 16 ming 190 nafari (6 foiz) oliy malaka toifasi, 53 ming 662 nafari (19 foiz) birinchi malaka toifasi, 104 ming 782 nafari (38 foiz) ikkinchi malaka toifasi oldi.

22 ming 626 nafar (8 foiz) pedagoglarga mutaxassis malaka toifasi berish to‘g‘risida, 20 ming 30 nafar (7 foiz) pedagoglarga nisbatan esa “Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas”ligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 20 mingdan ortiq pedagog attestatsiyada «Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas» deb topildi