Foto: TIV axborot xizmati
29 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashdi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga, BMT va SHHT, shuningdek, «Hindiston – Markaziy Osiyo» formati doirasida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Yangi qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, transport, savdo va sanoat sohasida kelishuvlarni ishlab chiqish, Hindiston yirik kompaniyalarini O‘zbekiston hududida mahsulot ishlab chiqarishga jalb etish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.
Ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish, O‘zbekistonda Hindistonning yetakchi universitetlari filiallarini ochish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afg‘oniston masalasida maslahatlashuvlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi