16:23 / 02.08.2022
1 860

16 yashar yigit sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirdi

16 yashar yigit sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirdi
Toshkent viloyatida onasini o‘ldirgan 16 yoshli yigit va uning sheriklariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 31 iyul kuni soat 21:00 larda 2006 yilda tug‘ilgan bola yashash xonadonida onasini oilaviy kelishmovchilik sababli qasddan o‘ldirish maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan tanishlarini uyiga yordamlashish uchun chaqirgan.

Shu vaqt u jinoiy sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirib murdani yashash uyining yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar protsessual tartibida ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 16 yashar yigit sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirdi