
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Toshkent shahrida uch nafar shaxs taqiqlangan moddalarni olib yurgani uchun ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tekshiruvlar davomida 1 avgust kuni soat 23:50 da Bektemir tumanida joylashgan «Sharq» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Spark to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda yo‘lovchi — 2002 yilda tug‘ilgan I.E.ning yonidan sellofanga o‘ralgan, jigarrang, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I.E. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.
Shuningdek, 1 avgust kuni soat 21:30 da Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Qoramurt» blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Spark to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda haydovchi — 1981 yilda tug‘ilgan B.I.ning yonidan sellofanga o‘ralgan, jigarrang, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B.I. va undan topilgan modda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.
Bundan tashqari, 2 avgust kuni soat 01:30 da Chilonzor tumanida joylashgan «Erkin» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Spark to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda haydovchi — 1994 yilda tug‘ilgan F.Q.ning yonidan 1 dona «Regapen» nomli psixotrop dori tabletkasi va sellofanga o‘ralgan, jigarrang, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro F.Q. va topilgan moddalar Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar