date
views 1 961

DTM abituriyent ruxsatnomasi qachondan berilishini ma’lum qildi

DTM abituriyent ruxsatnomasi qachondan berilishini ma’lum qildi
O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022 yil 8 avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:

1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20 avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasini berish 4 avgust kunidan boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM abituriyent ruxsatnomasi qachondan berilishini ma’lum qildi