1 297
Xorazmning turli hududlarida psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Foto: Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Xorazm viloyatining Bog‘ot, Qo‘shko‘pir tumanlari va Urganch shahrida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra, 1 avgust kunidan «Qoradori—2022» tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, mazkur tadbir doirasida Xorazm viloyati IIB tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, shuningdek, taqiqlangan ekinlarni, ya’ni ko‘knori yoki moyli ko‘knori, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan chora-tadbirlar yanada kuchaytirildi.
Jumladan, Bog‘ot tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan E.P. sotuvchilik qiladigan do‘kon ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida u do‘kon peshtaxtasidagi oziq-ovqat mahsulotlari orasida 66 ta kapsula «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi va 23 dona «Tramadol» nomli narkotik vositalar tarkibiga kiruvchi tabletkani kelgusida o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi.
Foto: Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumanidagi dorixona sotuvchisi — 2000 yilda tug‘ilgan N.O. xaridorga 10 ta konvalyuta «Benzonal» yozuvli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 100 000 so‘mga sotgan paytida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlandi. Shundan keyin ushbu dorixona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida peshtaxtada yana 10 ta konvalyuta «Benzonal» yozuvli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi.
Foto: Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Bundan tashqari, ilgari giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun jazoni o‘tab chiqqan, Urganch shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Q.I. huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Urganch shahrining markaziy ko‘chasida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida yoni ko‘zdan kechirilganida 11 bo‘lak gashish giyohvandlik vositasini o‘zi bilan olib yurganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi