22:56 / 05.08.2022
1 721

Kadastrlar palatasi muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi

Kadastrlar palatasi muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar S.B. va S.X. fuqaro B.ga Karmana tumani «Nurafshon» MFY hududidan 15 sotix bo‘sh yer maydonini kadastr bo‘limida ishlovchi «A» ismli tanishi orqali rasmiylashtirib berish orqali 90 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga 8 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, S.X.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Davlat kadastrlar palatasi Karmana tumani filiali kadastr muhandisi vazifasida ishlovchi A.E. o‘z xizmat xonasida 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kadastrlar palatasi muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi