Andijon shahrida yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilgan ayol javobgarlikka tortildi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, viloyati Ichki ishlar boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida ayol fuqaro yashash xonadonida Izboskan va Andijon shahrida yashovchi ayollarni shahvoniy niyatlarda foydalanish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.
U xolis mijozdan olingan kimyoviy ishlov berilgan 600 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan. Pullar daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Andijon shahri ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin