1 541
DTM: Internetda test savollarining surati tarqalgan abituriyent imtihondan chetlatilgan
8 avgust – test sinovlarining ilk kunida ertalabki smena ortda qolgach, ijtimoiy tarmoqlarda ikkita savollar kitobining surati paydo bo‘ldi. Davlat test markazi tezkor reaksiya bildirib, suratlardan birining muallifi telefon ishlatgani uchun imtihondan chetlatilgani, ikkinchi surat esa eski ekanini ma’lum qildi.
Birinchi holat
Davlat test markazidan ma’lum qilishlaricha, kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitobi 8 avgust kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Ikkinchi holat
Matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitobi esa diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari kitobi 8 avgust (bugun) kuni o‘tkazilgan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas, deyiladi xabarda.
“Ayrim telegram kanallar yozganidek hech qanday archa bayram boshlangani yo‘q. Archa bayramni buzib qo‘yganimiz uchun “uzr so‘raymiz”. Abituriyent telefon olib kirishni uddalasa, Davlat test markazi ularni aniqlab, chetlatishni uddalaydi.
Marhamat, sizlar turli rasmlarni telegram kanallarda e’lon qilishda davom etavering, biz esa barchasi nazoratda ekanini ko‘rsatib beramiz hamda jarayonlar shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlaymiz”, – deya ta’kidlagan Davlat test markazi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin