
Yaqin kunlarda Tojikiston Respublikasi orqali o‘tadigan Guliston shahrini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi «Guliston – Qo‘qon» viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Guliston shahridan jo‘naydigan avtobus «Xovosobod» hamda Farg‘ona viloyati yaqinidagi «Andarxon» chegara bojxona postlari orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi.
Yo‘lovchilarda xorijga chiqish pasporti bo‘lishi talab etiladi. Ushbu yo‘nalishning masofasi 264,3 kilometr bo‘lib, yo‘l haqi 50 (ellik) ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Tojikiston RespublikasiGuliston Qo‘qonAvtobus QatnoviFarg‘ona VodiysiTransport BoshqarmasiXorijga Chiqish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar