
Internetda Nyu-Yorkdagi "Yevropa va Markaziy Osiyodagi jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi" NNT dasturi (CPJ) koordinatori Gulnoza Saidning O‘zbekistonga kirishi rad etilgani haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi.
Mass-media fondi zudlik bilan O‘zbekistonga kirish va chiqish masalalarini tartibga soluvchi davlat organlariga bu borada tegishli so‘rov bilan murojaat qildi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ushbu masala hal etilgan va Gulnoza Saidga mamlakatga kirish uchun ruxsat berilgan.
CPJ veb-sayti tomonidan keltirilgan Gulnoza Said (AQSH fuqarosi)ning xabar berishicha, immigratsiya xizmati xodimlari unga tizim unga kirishga ruxsat bermaganini va Nyu-Yorkka qaytish uchun 1 sentabrgacha aeroportda qolishi kerakligini aytishgan.
Gulnoza SaidO‘zbekistonNyu-YorkJurnalistlarni HimoyaMass-media FondiImmigratsiya Xizmati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar