21:34 / 31.08.2022
1 021

O‘zbekistonda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi

O‘zbekistonda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Unga ko‘ra, davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1 martgacha baholanadi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus bo‘linma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, o‘rta, yuqori o‘lchovlarda baholanadi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va «E-anticor.uz» elektron platformasiga har yili 1 fevralga qadar kiritiladi.

Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.

Davlat tashkiloti rahbari har yili 1 martgacha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturini «E-anticor.uz» elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi