
Prezidentining 2021 yil 5 martdagi PQ-5020-son qarori hamda 2022 yil 7 martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq, har yili bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari bo‘lgan talaba xotin-qizlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilgan.
Hukumatning 2021 yil 17 sentabrdagi 585-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi.
Buning uchun ariza oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.
Kimlarga beriladi:
- kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
- ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
- ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
Ushbu Nizom qoidalari:
- ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari yoki ularning filiallari, nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Talaba Xotin-QizlarIjtimoiy Ehtiyojmand OilaOliy Ta’limQoraqalpog‘iston RespublikasiDavlat Oliyy Ta’limO‘zbekiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar