06:30 / 15.09.2022
1 065

Nafaqa tayinlash uchun fuqarolarning murojaati talab etilmaydigan tizim yaratiladi

Nafaqa tayinlash uchun fuqarolarning murojaati talab etilmaydigan tizim yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevral kuni «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-74-son Farmoniga ko‘ra 2022 yil oktabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan hech qanday murojaat talab etilmasdan «proaktiv» shaklda tayinlash tizimi joriy etilmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, fuqaroning murojaatisiz davlat xizmatlarini «proaktiv» shaklda ko‘rsatish amaliyoti Respublikamizda ilk marotaba Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy etiladi.

Ya’ni, fuqaro nafaqa tayinlash uchun birorta davlat organiga murojaat qilmaydi. Bunda, nafaqa tayinlash uchun barcha ma’lumotlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat