14:10 / 16.09.2022
852

Shavkat Mirziyoyev dunyoda barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan muammolarni sanadi

Shavkat Mirziyoyev dunyoda barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan muammolarni sanadi
Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Prezident dunyoda ishonch va o‘zaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan ko‘plab tahdidlar kuchayganini ko‘rsatib o‘tdi.

Uning fikricha, iqlim o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslar yetishmasligi, pandemiya ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi kabi muammolar barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zaro ishonch, adolat va hamjihatlikka talab global miqyosda tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish har qachongidan ham ko‘proq talab etilmoqda. Tashkilotimiz faoliyati shunday muloqotni amalga oshirish mumkinligini dunyoga namoyon etmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

SHHT ochiqlik va bloklarga qo‘shilmaslik tamoyillariga qat’iy sodiqligi tufayli ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlab, xalqaro hamkorlikni muvaffaqiyatli tarzda chuqurlashtirayotgani ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat