938
Shavkat Mirziyoyev: «Markaziy Osiyo SHHTning «geografik yadrosi» maqomini saqlab qolishi kerak»

Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Prezident SHHT tarkibi kengayib, sheriklik munosabatlari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Misr va Qatarga muloqot bo‘yicha sheriklar maqomi berildi. Belarusga SHHT to‘laqonli a’zosi, Bahrayn, Kuvayt, Maldiv, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanmaga – muloqot bo‘yicha sheriklar maqomini berish jarayonlari boshlanadi.
“SHHTning geografik qamrovi kengayayotgani o‘z misolida samaradorlik, o‘zaro bir-birini tushunish va amaliy sa’y-harakatlarni namoyish etayotgan Tashkilotimiz faoliyatining dolzarbligini yana bir tasdiqlamoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari tashkilotning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini va uning ochiqligini saqlab qolish muhim ekanini qayd etdi.
“Biz xavfsizlikning yaxlitlik tamoyiliga qat’iy rioya qilamiz. SHHTning faoliyati keng hamkorlikka yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Markaziy Osiyo SHHTning "geografik yadrosi" maqomini saqlab qolishi kerakligiga ham ishonchimiz komil”, dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar