09:53 / 22.09.2022
1 395

Kamoliddin Rabbimov: «Pul yo‘qligi yoki kamligi fojia emas, erta o‘lish va yaqinlardan ayrilish fojia»

Kamoliddin Rabbimov: «Pul yo‘qligi yoki kamligi fojia emas, erta o‘lish va yaqinlardan ayrilish fojia»
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov muhojir vatandoshlarimizga murojaat bilan chiqdi.

Mehnat muhojirlari Rossiya uchun qulay vosita

Rossiya Ukrainadagi urushga harbiy safarbarlik e’lon qildi. Kamida 300 ming inson Ukrainaga tashlanishi va ukrainlarni o‘ldirishlari kerak. Jumladan, Rossiyada ishlab yurgan mehnat muhojirlarini ham ushbu urushga yollash maqsadida, keng tashkiliy ishlar amalga oshirilyapti. Rossiya uchun, mehnat muhojirlari – juda qulay vosita. Mehnat muhojirlarining hayoti – Rossiya uchun hech narsa emas. Minglab mehnat muhojirlari o‘lib ketsa ham, ukrainlarni o‘ldirsa, Rossiya xursand bo‘ladi.

Hukumat Rossiya qahridan, g‘azabidan qo‘rqayotgandek

Rossiyada mehnat qilib yurgan vatandoshlarimiz, millatdoshlarimiz, aka-uka, opa-singillarimizni bu urushga bormaslik borasida ogohlantirish – eng avvalo, davlat (hukumat)ning vazifasi. Lekin shu paytgacha davlat bu borada deyarli hech qanday tizimli ish olib bormadi. Bamisoli, hukumat Rossiya qahridan, g‘azabidan qo‘rqayotgandek. Aslida, bu holatda tinch turish — O‘zbekiston davlati va jamiyatining fojiasi, mu’teligi, istilosi, qulligiga rozi bo‘lishni anglatadi, xolos. Davlatning va millatning qadr-qimmati yuqori bo‘lishi kerak.

Yolg‘on va’dalarga uchmang! Urushga borganlarning aksariyatini o‘lim kutadi

Lekin Rossiyada ishlab yurgan vatandoshlarimizni ogohlantirish, millatdoshlik maslahatlarini berish – har bir o‘zbekistonlikning burchi, vazifasi. Puldan, sharoitdan qiynalgan vatandoshlarimiz ko‘p. Ularga Rossiya "chiroyli" takliflar berishi, “bir necha oyga borib kelib, ko‘p pulli, zo‘r pasportli va uy-joyli bo‘lishing mumkin!” deb aldashi mumkin. Bu urushga borganlarning mutlaq aksariyati vafot etadi.

Boshqalarning urushini deb, o‘zingizni qurbon qilmang!

Urushda – o‘lim xavfi juda yuqori bo‘ladi. Aldanmang! O‘zingizni asrang! Yaqinlaringizni o‘ylang! Bugun qiynalgan bo‘lsangiz, kelajakda yaxshi kunlaringiz ko‘p bo‘ladi. Pul yo‘qligi yoki kamligi fojia emas, erta o‘lish va yaqinlardan ayrilish fojia.

Vatandoshlar, boshqalarni urushini deb, o‘zingizni qurbon qilmang!

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat