10:00 / 10.10.2022
1 775

Qiblaga oyoq uzatib namoz o‘qish haqida

Qiblaga oyoq uzatib namoz o‘qish haqida
CAVOL:
Domla oyog‘im sinib, namozni o‘tirib o‘qiyapman. Qiblaga orqamni qilib o‘qiyapman. Qiblaga karab o‘tirsam oyog‘imni qiblaga uzatgan bo‘lyapman. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsating, iltimos. Javob uchun katta rahmat.

JAVOB:
Qiblaga yuzlanib namoz o‘qish namozning shartlaridan biridir. Ya’ni, ushbu shart bajarilmasa, namoz durust bo‘lmaydi. Qiblaga uzrsiz oyoq uzatish makruh bo‘ladi. Lekin oyog‘ini buka olmaydiganlar yoki yotgan holida namoz o‘qishga majbur bo‘lganlar oyog‘ini qiblaga uzatib namoz o‘qishlari makruh emas. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat