19:39 / 13.10.2022
1 553

Dushanba kunidan havo harorati pasayishi kutilmoqda

Dushanba kunidan havo harorati pasayishi kutilmoqda
Joriy yil 17 oktabrida O‘zbekiston shimoliy hududlariga, 18-19 oktabrda respublika qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

“O‘zgidromet” bosh direktori Sherzod Habibullayevning ma’lum qilishicha, havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.

17-19 oktabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 15-20 darajagacha asta-sekin pasayadi.

17-19 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

17-18 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat