
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi masjidlardan birida yong‘in yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Marhamat tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 oktabr kuni soat 13:59 da Marhamat tumani «Gar-gar» mahallasi Malham ko‘chasida joylashgan «Obidjon Botirov» jome masjidida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi 20-yong‘in qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
Murojaatga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:06 da yetib borib, yong‘in soat 14:09 da o‘rab olingan.
Vaziyat o‘rganilganda yong‘inning alangalanish maydoni kengayishi hisobidan kelib chiqqan holda Asaka va Buloqboshi tumanlarining FVBlaridan yana 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji qo‘shimcha yordamga chaqirilgan va ular ham zudlik bilan yong‘inni o‘chirishga kirishgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 20, 2022
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 20, 2022
Yong‘in soat 14:35 da butunlay bartaraf etilgan. Holat oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar qayd etilmagan.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar