
Foto: Buxoro IIB matbuot xizmati
Buxoro viloyati Olot tumanida ayol o‘qotar qurol otilib ketishi oqibatida jarohatlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 oktabr kuni taxminan soat 09:30 larda Olot tumani «Davlatboy» mahallasida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan Buxoro shahriga borish maqsadida qo‘shnisi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 orqa o‘rindig‘iga o‘tirayotgan vaqtida, avtomashina egasi tomonidan orqa o‘rindiqda qoldirilgan, o‘z nomiga rasmiylashtirilgan «TOZ-20» rusumli 20 kalibrli 2 nilli o‘qotar ov quroli qurolni saqlash va olib yurish qoidalariga rioya qilinmagani sababli o‘z-o‘zidan otilib ketgan.
Oqibatda ayol ikkala oyoqlarining boldir suyaklari ochiq maydalanib sinishiga sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi (qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar