1 078
Xorazmda hokimlik zaxirasidagi 0,4 gektar yerni 600 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura
Xorazm viloyati Urganch tumanida yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Qayd etilishicha, fuqaro N.S.ning Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro A.J. Urganch tumani «G‘aybu» mahallasidagi tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan 0,4 gektar bo‘sh turgan yer maydonini 600 million so‘mga sotishga kelishib, kelgusida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U kelishilgan pullardan 50 million so‘mini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borishga kirishilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar