
Kadr: Telegram
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi tungi klub oldida bir necha fuqarolar mushtlashayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 24 sentyabr kuni Urgut tumani «Baxrin» MFYda joylashgan tungi klub oldida bir guruh shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjalga aylangan. Holat yuzasidan tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan IIB xodimlari hodisa joyiga yetib borib, janjalning oldi olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 23, 2022
Shundan so‘ng tungi klub oldida janjal qilganlarga nisbatan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Shuningdek, tuman hududida tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tungi reyd tadbirlari o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar ishlab chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar