date

Gamburgerdan inson va kalamush DNKsi topildi

Gamburgerdan inson va kalamush DNKsi topildi

Amerikalik tadqiqotchilar gamburgerdan inson va kalamush DNKsini topishdi. Bu judayam yomon xabar emas, deb ma’lumot berdi “Darakchi” nashri.

Clear Labs kompaniyasi vakillari supermarketlarda sotiladigan muzlatilgan kotletlar, Amerikaning Kaliforniya shtati hududidagi ovqatlanish tarmoqlarida sotiladigan gamburgerlarni, jami 258 xil mahsulot namunasini tekshiruvdan o‘tkazishdi. Tekshiruv jarayonida 13,6 foiz muammo aniqlandi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar uning ustiga mahsulotning kaloriyasini yozgan holda, uning tarkibi haqida ma’lumot berishni “esdan chiqarib qo‘yishadi”. Mol go‘shtidan tayyorlangan kotletda cho‘chqa, kurka go‘shtidan tayyorlanganida esa tovuq DNK si borligi aniqlandi.

Tadqiqotchilarning yana bir xulosasi burgerxo‘rlarni asabiylashtirishi mumkin. Ba’zi bir mahsulotlarda esa kalamush va hatto... inson DNKlari mavjudligi aniqlangan. Bu u darajada dahshatli xabar emas, deydi tadqiqot mualliflari. Aksariyat mahsulotlarda inson va sut emizuvchi hayvonlar genetik materialini, hatto hasharot, qurt-qumursqalarni ham topish mumkin. Bu degani, gamburger tayyorlanish jarayonida unga inson sochi yoki kalamush juni qo‘shilib qolishi mumkin. Bunday hollarni nazorat qiluvchi xizmat xodimlari bundan xabarlari borligini omma oldida tan olishdi.

Bunday gamburgerlar inson yoki kalamush go‘shtidan tayyorlanmaydi, biror kishi qo‘liga qo‘lqop kiymay gamburgerga tegsa ham yuqoridagi voqea ro‘y berishi mumkin. Vegetarianlar biz muammodan xalosmiz deb xursand bo‘lishayotgan bo‘lsa, ularni ham ranjitadigan xabar bor. Vegetarian kotletlaridan go‘sht qoldiqlari topilgan.

Ekspertlar Clear Labs tadqiqotlari xulosasining hech qanday yomon tomoni yo‘q, deb hisoblashmoqda. Ular o‘tgan yili xot-dog tarkibini tekshirishganda, sosiskadan ham inson genetik materialini topishgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Gamburgerdan inson va kalamush DNKsi topildi