00:30 / 13.12.2022
1 681

Namanganda harakatlanib ketayotgan Nexia yonib ketdi (video)

Namanganda harakatlanib ketayotgan Nexia yonib ketdi (video)
Foto: Namangan FVB
Ijtimoiy tarmoqlarda «Namangan viloyati Chortoq tumanida Nexia avtomobili yonib ketdi» sarlavhali xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 dekabr kuni soat 16:53 da Chortoq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi 101 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan. Unda Mustaqillik shohko‘chasida harakatlanib ketayotgan fuqaroning ishonch qog‘ozi orqali boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani bildirilgan.

Foto: Namangan FVB

Foto: Namangan FVB
Kelib tushgan xabarga asosan yong‘in qutqaruv ekipaji voqea joyiga yuborilgan va soat 17:00 da yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.


Hodisa oqibatida avtomobil motori qisman, salon hamda haydovchiga tegishli hujjatlar yonib zararlangan. Sodir bo‘lgan yong‘inda kuyib, tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda harakatlanib ketayotgan Nexia yonib ketdi (video)