13:50 / 22.12.2022
1 090

O‘zbekiston rossiyaliklar uchun yangi yilda sayohat qiluvchi eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi

O‘zbekiston rossiyaliklar uchun yangi yilda sayohat qiluvchi eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi
Rossiyaliklar orasida yangi yil bayrami uchun qo‘shni davlatlarga sayohat qilishga bo‘lgan talab o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga oshdi. Bu haqda «Yandex.Travel» tahlilchilari tadqiqotiga tayanib «RBK» xabar bermoqda.

Tadqiqot mehmonxonalarni bron qilish va xizmat foydalanuvchilaridan olingan aviachiptalarni qidirish bo‘yicha ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan.

Armaniston bunday davlatlar orasida rossiyaliklar uchun eng mashhur yo‘nalishga aylandi va Yerevanga sayohat eng yuqori talabga ega bo‘ldi. Eng mashhur yo‘nalishlarning umumiy reytingida u ikkinchi o‘rinni egalladi.

Sayohatchilar orasida eng ommabop bo‘lgan yaqinroq masofadagi xorij mamlakatlari uchligiga Qozog‘iston va O‘zbekiston ham kiradi. Umumiy reytingda ular uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston va Ozarbayjon Yangi yil bayramlari uchun eng mashhur xorijiy yo‘nalishlar 10 taligidan joy oldi — ular mos ravishda oltinchi va sakkizinchi o‘rinlarni egalladi.

Rossiyada yangi yilda xorijga chiqishni xohlovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga oshgan. Uzoqroq xorijiy yo‘nalishlar orasida rossiyaliklar uchun Turkiya (reytingda birinchi o‘rin), Birlashgan Arab Amirliklari va Misr (mos ravishda beshinchi va ettinchi o‘rinlar) ko‘proq talabga ega.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikka Serbiya va Isroil (to‘qqizinchi va o‘ninchi qatorlar) ham kirgan. Rossiyaliklar asosan Istanbul, Dubay, Antaliya, Tel-Aviv va Belgradga borishni xohlamoqda. Ular yo‘nalishidan qat’i nazar o‘rtacha bir hafta sayohat qilmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston rossiyaliklar uchun yangi yilda sayohat qiluvchi eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi