
Buxoro viloyatidagi gaz zapravkalarda 5 yanvar kuni tekshirish ishlari o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Dildora» MCHJning Vobkent tumanidagi 2 ta, «Osiyo Buxoro gaz», «Norboyev Sherzod Yunusovich» va «Grant gaz servis» MCHJlarning Buxoro shahridagi, «Real ximik» MCHJning Buxoro tumanidagi jami 6 ta metan quyish shoxobchalari ko‘zdan kechirilgan.
O‘rganish davomida «Dildora» va «Osiyo Buxoro gaz» MCHJlarga qarashli 3 ta shoxobchaga kelgan tabiiy gaz quvurlariga o‘rnatilgan «Avtopilot-Pro» rusumli gaz hisoblash uskunasidagi mavjud impuls trubkasi mahkamlanganda haqiqatan gaz diafragmasidan o‘tayotgan gaz hajmi sun’iy ravishda kamaytirilgan holda ko‘rsatilishiga erishilgani aniqlangan.
Natijada «Dildora» MCHJga qarashli 2 ta shoxobcha tomonidan 11,1 milliard so‘mlik hamda «Osiyo Buxoro gaz» MCHJga qarashli shoxobcha tomonidan 15,1 milliard so‘mlik, jami 26,2 milliard so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilingan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro ViloyatiGaz ZapravkalariDildora MCHJOsiyo Buxoro GazTabiiy GazJinoyat Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar